«G‘alaba bog‘i» Prezidentimizning 2019 yil 25 iyunь kuni mazkur hududda bo‘lib, tariximizning bir qismi bo‘lgan urush davrini o‘zida aks ettiradigan yaxlit majmua barpo etish to‘g‘risida bergan topshiriqlari asosida qurildi.

Joylashuv manzili: Toshkent shahri Olmazor tumani.

Maydoni: 12 gektardan ziyod.

Bog‘da mavjud: urush davri manzaralari, jumladan, okop va blindajlar, palatkalar, dala oshxonalari va boshqa lavhalar aks etgan kompozitsion majmualar;

ochiq osmon ostidagi o‘sha davr harbiy texnika va qurol-yarog‘lari;

«Shon-sharaf» muzeyi, kutubxona, Wi-Fi zona, amfiteatr va kinoteatr;

o‘sha vaqtlardagi Temir yo‘l vokzali o‘zbekistonlik jangchilarni urushga eltgan poezd ­vogonlari bilan birga.

Bog‘dagi majmualar: «Matonat madhiyasi» – besh o‘g‘li ham urushda halok bo‘lgan zangiotalik Zulfiya Zokirova va uning vafodor kelinlari, shuningdek butun o‘zbek ayollari sadoqati ramzi;

«Mangu jasorat» – afsonaviy o‘zbek generali Sobir Rahimov va barcha o‘zbekistonlik botir jangchilarning so‘nmas xotirasi ramzi;

«Ko‘z yoshi» – urushning mudhishligi, millati va dinidan qat’i nazar, barcha odamlar ­birligi ramzi.

 

I. QO‘ChQOROV,

III darajali serjant Olim BERDIYEV suratga olgan,

«Vatanparvar»