(birinchi maqola)

O‘zbekistondagi milliy ozodlik harakatini bostirishda, sho‘rolarning buzuq mafkurasi bilan aytganda, bosmachilikka qarshi kurashda bayroqni baland ko‘targan 20 dan ziyod qo‘shin – harbiy nashrlar haqida oldingi maqolalarda ma’lum qilgandim. Bu mavzu tinchlik bermadi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan qo‘shiq oromimni o‘g‘irladi. Turkiy millatlar san’atkorlari kechagi, bugungi dardimizni kuylagan. Aytgan odamning bo‘g‘zini, eshitganning yuragini kuydiradi. Mana, bitta sat­ri: «Tuprog‘iga qon qorishmish bir turk bor».
Xayolimda uzoq emas, yaqin o‘tmish gavdalandi. Yana bir qo‘shiqning so‘zidan oldin ohangi keldi. Qani uni aytadigan mard? Mag‘zi puch qo‘shiqlarni eshitib o‘rgangan quloqlarimiz uni qabul qilmasmidi yo…
Turk beshigi – Turkiston!
Eri oltun, tog‘lari kon!
Bolalari qahramon!
Vatan uchun berur jon.
Naqarot
Turkistonlik – shonimiz,
turonlik – unvonimiz,
Vatan – bizning jonimiz,
fido o‘lsun qonimiz!
To‘g‘ri angladingiz, bu ma’rifatparvar bobomiz Cho‘lpon yozgan madhiya. Turkiston muxtoriyatining madhiyasi. Tuprog‘imizga qon bilan qorishtirilgan qo‘shiq bu. Haligacha ona zamin ingranadi, to‘lg‘anadi. Harorati tuproqni kuydiradi. Har bir so‘zi bitta qo‘shinga teng qo‘shiq. Afsus. Tuproqqa qorishtirishdi. Undan jasorat unib chiqishiga qo‘­yishmadi. Bu qo‘shiqni o‘ldirish uchun qo‘shinlar saf tortdi. Qilichlar, xanjarlar ishga tushdi. Miltiqlar ishga tushdi. Bo‘lmadi. So‘z bilan o‘ldirishga jallodlarning fahmi etdi. 20 dan ziyod qo‘shin – Qizil armiyaning harbiy matbuoti saf tortdi. Istiqlol jallodlari Turkiston muxtoriyatini ham, madhiyasini ham uzil-kesil mahv etishning, tarixiy xotiramizdan bu voqelikni o‘chirish uchun kurashning boshqacha yo‘liga o‘tishdi. Tarixdagi o‘ta g‘irrom kurash. O‘z yurtini, ozodligini, dinini himoya qilganlarni chopib, bosmachi deb haqoratlash.

Harbiy matbuot va fitna

rshi qurolli kurash vaqtida bunday gazetalarning (harbiy nashrlar nazarda tutilyapti, mual. izohi) soni 20 dan ortgan edi. Gazetalarning mavjud sonlarini tadqiq etganimizda, ularning asosiy vazifasi Turkis­tonda Qizil armiyani tashkil etish, «bosmachi»larga qarshi kurashishda askarlarni harbiy va ma’naviy jihatdan tayyorlashga g‘oyaviy ko‘mak berish hamda Qizil armiya saflarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdan iborat bo‘lgan, degan xulosaga keldik».
Tarixchi olim Nodirbek Hamaev «O‘tmishga nazar» jurnalining 2019 yil 10-sonida chop etilgan «O‘zbekistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat va harbiy matbuot» nomli maqolasida shunday yozadi.
Haqiqiy bosqinchi kimu, ozodlik uchun kurashgan kim? Buni yaxshi bilamiz. Keling, xolis pozitsiyadan ham qarab ko‘raylik. Ya’ni sho‘ro ziyolilari, mafkurachilarining o‘zlari bu voqelikka bergan izohlarida ko‘rib chiqaylik.
Buni dastlab Nodirbek Hamaevning maqolasidan keltirib o‘tamiz. Qizil askarlarning mafkuraviy qurollaridan biri bo‘lgan «Ejenedelnik politrabotnika» gazetasida «bosmachilik» harakati vujudga kelishi tahlil qilinadi. Bolsheviklarning harbiy kommunizmi, oziq-ovqat razvyorstkasi kabi mohiyatan mustamlakachilik siyosati bunga sabab bo‘lgani yoziladi. Balkim bu sog‘lom fikr, xolis munosabat harbiy tsenzura nazoratidan chetda qolgandir? Nega bu fikr aytildi? Mazlumlarni o‘ylabmi? Achinganidanmi?
Yo‘q, aslida sho‘ro mafkurachilari olovga kerosin sepmaslik uchun, kurashning boshqa yo‘llarini topish uchun gazetada ora-sira bunday fikrlarni bergan. Nazarimda millatni yana tobe qilish uchun boshqacha yo‘l tutish kerakligi fikrini shakllantirishga urinishgan.
Yana «Ejenedelnik politrabotnika» harbiy nashriga qaytamiz. Olimning yozishicha, 1921 yildan chop etilgan mazkur gazetadagi o‘sha maqolada Farg‘onadagi kurash «partizanlik harakati» deb nomlanadi. Unga qarshi Qizil armiya noto‘g‘ri usul qo‘llayotgani tanqid qilinadi. Qizil armiya mag‘lubiyati «bosmachi»larga xalq xayrixoh ekanligi bilan izohlanadi.
Shuning o‘zi ham aytib turibdi. Bu harakat milliy ozodlik uchun kurash ekanligini sho‘rolar yaxshi anglashgan. Xo‘sh, nima qilmoq kerak? Qilich qilolmagan ishni qanday to‘g‘rilash mumkin? Shunda g‘oyaviy kurash yo‘liga o‘tiladi. Istiqlol uchun kurashayotgan turkistonliklarni shu yo‘l bilan mag‘lub etishni o‘ylashadi.
Bunda chuqur o‘ylangan fitna bor edi. Nodirbek Hamaev yozishicha, o‘sha paytda Farg‘ona harbiy inqilobiy qo‘mitasi raisi bo‘lgan Yu. Kirsh muam­moni ochiq tan olib, Farg‘onadagi milliy ozodlik harakatini qurol kuchi bilan to‘xtatib bo‘lmasligini, xalqni «bosmachi»larga qarshi qo‘­yish, ularni bezdirish yo‘li bilan bunga erishish mumkinligini aytgan. Qarabsizki, muammo harbiy matbuot kun tartibiga qo‘yiladi. Turkfrontning potirlab harbiy nashrlari chop etila boshlanadi. Turli millat vakillaridan iborat bo‘lgan Qizil armiya qo‘shinlarining ruhini ko‘tarish uchun matbuot – mafkura qo‘shini jangga kiradi.
Navbatdagi misolga yuzlanamiz. Bu arman millatiga mansub Georgiy Safarovning «Kolonialnaya revolyutsiya» («Opit Turkestana») «Mustamlaka inqilobi» («Turkiston tajribasi») kitobi. Kitob 1921 yilda chop etilgan.
Avvalo, inqilobchi haqida qisqacha ma’lumot bersak. U 1891 yilda Sankt-Peterburgda arman – polyak oilasida tug‘ilgan. Inqilobchilarga qo‘shilib, yashirin partiyalarga a’zo bo‘ladi. Quvg‘inda yuradi. 1917 yildan «Pravda» gazetasida faoliyat yuritadi. 1918 yilda Uralda chop etiladigan gazetaga bosh muharrir bo‘ladi. 1919 yilda Turkistonga yuboriladi. 1920 yil yozidan Turkbyuro a’zosi etib saylanadi. Oldindan sho‘ro siyosatiga biroz muxolifat kayfiyatda bo‘lgan.
Internetda inqilob «dohiy»si Leninning G. Safarov haqida bildirgan bir fikri e’tiborni tortdi. Bu «Pravda» gazetasining 1921 yil 2 sentyabr sonidan olingan. Ya’ni unda «dohiy»ning shunday satrlari keltirilgan: «O‘rtoq G. Safarov menga 21 VIII. 1921 da yozishicha, «Pravda» gazetasi tahririyati uning Turkiston haqidagi maqolasi bahsli bo‘lgani uchun chop etishdan bosh tortgan ekan. Menga mazkur maqolani yo‘llashingizni so‘rayman». Sho‘rolarning asosiy matbuot organi ikkilanganmi, demak, maqolada bolsheviklarning Turkistonda olib borayotgan siyosatiga tegib ketadigan nimadir bo‘lgan. O‘sha nimadirga birinchi kalit uning kitobi bo‘ldi. Ikkinchisi muxolifatchi ekani. Ma’lumotlarga ko‘ra, muxolifatda bo‘lgani uchun bir necha bora uni qamashadi. 1942 yil 16 iyulida NKVD maxsus yig‘ilishi qarori bilan aksil­inqilobiy terrorchilik faoliyati uchun otiladi.
To‘g‘ri, «Pravda» bosmagan maqolasi nega bahsli bo‘lgani haqida bizda aniq ma’lumot yo‘q. Biroq mantiq boshqacha «gapiradi». U Turkiston masalasida nisbatan xolis fikrni aytgan. Har holda qizil terror «qiyofa»sini ochmagan bo‘lsa-da, g‘irrom o‘yinni, fitnani anglagan holda fikrlagan. Bu bizning taxmin. Muallif kitobini o‘qib, taxmin haqiqatga yaqin ekanini o‘zingiz tushunasiz.
Avvalo, kitob nomiga e’tibor qarating: «Kolonialnaya revolyutsiya» («Opit Turkestana»). Sarlavhasidagi «mustamlaka» so‘zining o‘zi uchun peshonasidan otish mumkin edi-ku! Axir, 70 yildan ziyod vaqt mustamlaka bo‘lmagansiz, qo‘shib olingansiz, deb qon-qonimizga singdirishga urinishdi-ku! Bu so‘zni bilmasdan ishlatsak, labimizga uchuq toshardi-ku! Rossiya kommunistik partiyasi Turkbyuro markaziy qo‘mitasining a’zosi bo‘lgan amaldor 1921 yilda shunday yozsa-ya?!
Bu bilan sho‘ro amaldori, mafkurachisi manfaatimizni himoya qilgan, demoqchi emasman. Mazlumlar, ularning begunoh to‘kilayotgan qonlari, o‘z erki, ozodligi uchun kurashi ko‘nglini yumshatganmi yoki muxolifatchiligiga borganmi? Negaki, Troitskiy, Zinovev dumi sifatida, keyinchalik «Kirov ishi» bo‘yicha qamalib, surgunlarda bo‘lgani, aksilinqilobchi sifatida ayblangani bejiz emas. Demak, sho‘ro tuzumining ayrim kirdikorlari, xususan, Turkiston masalasidagi adolatsizligi uni qiynagan bo‘lishi mumkin. Alal­oqibat qatl etilishi bu fikrni isbotlaydi.
«Pravda» gazetasidagi bizni qiziqtirgan fikrlarini kitobidan izlaymiz. Kitobning 90-beti. Muallif «bosmachilik» harakatini bir tomondan milliy ozodlik uchun kurash, «Qo‘qon muxtoriyati»ni tor-mor etish zamiridan va alaloqibat mustamlaka bemazagarchiliklaridan kelib chiqqan, deydi. Boshqa tomondan iqtisodiy inqiroz, ocharchilik, Farg‘onadagi paxta etishtirish bilan bog‘liq jarayonning izdan chiqishiga bog‘laydi. Ya’ni boylar moddiy ahvoli yomonlashgani, mardikor, chorakor va ishchilar maoshsiz qolib ketayotgani bilan buni izohlaydi. Ya’ni davom etayotgan mustabid siyosat qishloq xo‘jaligini xonavayron qilgandi. E’tibor beryapsizmi? Keltirilgan barcha sabablar millat kurashining mohiyatini ko‘rsatib beradi. Shuncha zulmga qarshi nima qilmoq kerak edi? Yana kamiga «bosmachi» degan tamg‘ani bosishadi. Qanchalar tubanlik…
Kitobni o‘qishda davom etaman. Muallif bosmachilikka qarshi kurash birinchi kunlardan murakkab bo‘lgani, negaki, kurashayotganlar partizanlik harakatini olib borishgani va xalq ularni qo‘llab-quvvatlaganini yozadi.

«Bosmachilik» va
mustamlakachilik

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan qo‘shiq oromimni o‘g‘irladi. Turkiy millatlar san’atkorlari kechagi, bugungi dardimizni kuylagan. Aytgan odamning bo‘g‘zini, eshitganning yuragini kuydiradi. Mana, bitta sat­ri: «Tuprog‘iga qon qorishmish bir turk bor».
Xayolimda uzoq emas, yaqin o‘tmish gavdalandi. Yana bir qo‘shiqning so‘zidan oldin ohangi keldi. Qani uni aytadigan mard? Mag‘zi puch qo‘shiqlarni eshitib o‘rgangan quloqlarimiz uni qabul qilmasmidi yo…
Turk beshigi – Turkiston!
Eri oltun, tog‘lari kon!
Bolalari qahramon!
Vatan uchun berur jon.
Naqarot
Turkistonlik – shonimiz,
turonlik – unvonimiz,
Vatan – bizning jonimiz,
fido o‘lsun qonimiz!
To‘g‘ri angladingiz, bu ma’rifatparvar bobomiz Cho‘lpon yozgan madhiya. Turkiston muxtoriyatining madhiyasi. Tuprog‘imizga qon bilan qorishtirilgan qo‘shiq bu. Haligacha ona zamin ingranadi, to‘lg‘anadi. Harorati tuproqni kuydiradi. Har bir so‘zi bitta qo‘shinga teng qo‘shiq. Afsus. Tuproqqa qorishtirishdi. Undan jasorat unib chiqishiga qo‘­yishmadi. Bu qo‘shiqni o‘ldirish uchun qo‘shinlar saf tortdi. Qilichlar, xanjarlar ishga tushdi. Miltiqlar ishga tushdi. Bo‘lmadi. So‘z bilan o‘ldirishga jallodlarning fahmi etdi. 20 dan ziyod qo‘shin – Qizil armiyaning harbiy matbuoti saf tortdi. Istiqlol jallodlari Turkiston muxtoriyatini ham, madhiyasini ham uzil-kesil mahv etishning, tarixiy xotiramizdan bu voqelikni o‘chirish uchun kurashning boshqacha yo‘liga o‘tishdi. Tarixdagi o‘ta g‘irrom kurash. O‘z yurtini, ozodligini, dinini himoya qilganlarni chopib, bosmachi deb haqoratlash.
«Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli kurash vaqtida bunday gazetalarning (harbiy nashrlar nazarda tutilyapti, mual. izohi) soni 20 dan ortgan edi. Gazetalarning mavjud sonlarini tadqiq etganimizda, ularning asosiy vazifasi Turkis­tonda Qizil armiyani tashkil etish, «bosmachi»larga qarshi kurashishda askarlarni harbiy va ma’naviy jihatdan tayyorlashga g‘oyaviy ko‘mak berish hamda Qizil armiya saflarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdan iborat bo‘lgan, degan xulosaga keldik».
Tarixchi olim Nodirbek Hamaev «O‘tmishga nazar» jurnalining 2019 yil 10-sonida chop etilgan «O‘zbekistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat va harbiy matbuot» nomli maqolasida shunday yozadi.
Haqiqiy bosqinchi kimu, ozodlik uchun kurashgan kim? Buni yaxshi bilamiz. Keling, xolis pozitsiyadan ham qarab ko‘raylik. Ya’ni sho‘ro ziyolilari, mafkurachilarining o‘zlari bu voqelikka bergan izohlarida ko‘rib chiqaylik.
Buni dastlab Nodirbek Hamaevning maqolasidan keltirib o‘tamiz. Qizil askarlarning mafkuraviy qurollaridan biri bo‘lgan «Ejenedelnik politrabotnika» gazetasida «bosmachilik» harakati vujudga kelishi tahlil qilinadi. Bolsheviklarning harbiy kommunizmi, oziq-ovqat razvyorstkasi kabi mohiyatan mustamlakachilik siyosati bunga sabab bo‘lgani yoziladi. Balkim bu sog‘lom fikr, xolis munosabat harbiy tsenzura nazoratidan chetda qolgandir? Nega bu fikr aytildi? Mazlumlarni o‘ylabmi? Achinganidanmi?
Yo‘q, aslida sho‘ro mafkurachilari olovga kerosin sepmaslik uchun, kurashning boshqa yo‘llarini topish uchun gazetada ora-sira bunday fikrlarni bergan. Nazarimda millatni yana tobe qilish uchun boshqacha yo‘l tutish kerakligi fikrini shakllantirishga urinishgan.
Yana «Ejenedelnik politrabotnika» harbiy nashriga qaytamiz. Olimning yozishicha, 1921 yildan chop etilgan mazkur gazetadagi o‘sha maqolada Farg‘onadagi kurash «partizanlik harakati» deb nomlanadi. Unga qarshi Qizil armiya noto‘g‘ri usul qo‘llayotgani tanqid qilinadi. Qizil armiya mag‘lubiyati «bosmachi»larga xalq xayrixoh ekanligi bilan izohlanadi.
Shuning o‘zi ham aytib turibdi. Bu harakat milliy ozodlik uchun kurash ekanligini sho‘rolar yaxshi anglashgan. Xo‘sh, nima qilmoq kerak? Qilich qilolmagan ishni qanday to‘g‘rilash mumkin? Shunda g‘oyaviy kurash yo‘liga o‘tiladi. Istiqlol uchun kurashayotgan turkistonliklarni shu yo‘l bilan mag‘lub etishni o‘ylashadi.
Bunda chuqur o‘ylangan fitna bor edi. Nodirbek Hamaev yozishicha, o‘sha paytda Farg‘ona harbiy inqilobiy qo‘mitasi raisi bo‘lgan Yu. Kirsh muam­moni ochiq tan olib, Farg‘onadagi milliy ozodlik harakatini qurol kuchi bilan to‘xtatib bo‘lmasligini, xalqni «bosmachi»larga qarshi qo‘­yish, ularni bezdirish yo‘li bilan bunga erishish mumkinligini aytgan. Qarabsizki, muammo harbiy matbuot kun tartibiga qo‘yiladi. Turkfrontning potirlab harbiy nashrlari chop etila boshlanadi. Turli millat vakillaridan iborat bo‘lgan Qizil armiya qo‘shinlarining ruhini ko‘tarish uchun matbuot – mafkura qo‘shini jangga kiradi.
Navbatdagi misolga yuzlanamiz. Bu arman millatiga mansub Georgiy Safarovning «Kolonialnaya revolyutsiya» («Opit Turkestana») «Mustamlaka inqilobi» («Turkiston tajribasi») kitobi. Kitob 1921 yilda chop etilgan.
Avvalo, inqilobchi haqida qisqacha ma’lumot bersak. U 1891 yilda Sankt-Peterburgda arman – polyak oilasida tug‘ilgan. Inqilobchilarga qo‘shilib, yashirin partiyalarga a’zo bo‘ladi. Quvg‘inda yuradi. 1917 yildan «Pravda» gazetasida faoliyat yuritadi. 1918 yilda Uralda chop etiladigan gazetaga bosh muharrir bo‘ladi. 1919 yilda Turkistonga yuboriladi. 1920 yil yozidan Turkbyuro a’zosi etib saylanadi. Oldindan sho‘ro siyosatiga biroz muxolifat kayfiyatda bo‘lgan.
Internetda inqilob «dohiy»si Leninning G. Safarov haqida bildirgan bir fikri e’tiborni tortdi. Bu «Pravda» gazetasining 1921 yil 2 sentyabr sonidan olingan. Ya’ni unda «dohiy»ning shunday satrlari keltirilgan: «O‘rtoq G. Safarov menga 21 VIII. 1921 da yozishicha, «Pravda» gazetasi tahririyati uning Turkiston haqidagi maqolasi bahsli bo‘lgani uchun chop etishdan bosh tortgan ekan. Menga mazkur maqolani yo‘llashingizni so‘rayman». Sho‘rolarning asosiy matbuot organi ikkilanganmi, demak, maqolada bolsheviklarning Turkistonda olib borayotgan siyosatiga tegib ketadigan nimadir bo‘lgan. O‘sha nimadirga birinchi kalit uning kitobi bo‘ldi. Ikkinchisi muxolifatchi ekani. Ma’lumotlarga ko‘ra, muxolifatda bo‘lgani uchun bir necha bora uni qamashadi. 1942 yil 16 iyulida NKVD maxsus yig‘ilishi qarori bilan aksil­inqilobiy terrorchilik faoliyati uchun otiladi.
To‘g‘ri, «Pravda» bosmagan maqolasi nega bahsli bo‘lgani haqida bizda aniq ma’lumot yo‘q. Biroq mantiq boshqacha «gapiradi». U Turkiston masalasida nisbatan xolis fikrni aytgan. Har holda qizil terror «qiyofa»sini ochmagan bo‘lsa-da, g‘irrom o‘yinni, fitnani anglagan holda fikrlagan. Bu bizning taxmin. Muallif kitobini o‘qib, taxmin haqiqatga yaqin ekanini o‘zingiz tushunasiz.
Avvalo, kitob nomiga e’tibor qarating: «Kolonialnaya revolyutsiya» («Opit Turkestana»). Sarlavhasidagi «mustamlaka» so‘zining o‘zi uchun peshonasidan otish mumkin edi-ku! Axir, 70 yildan ziyod vaqt mustamlaka bo‘lmagansiz, qo‘shib olingansiz, deb qon-qonimizga singdirishga urinishdi-ku! Bu so‘zni bilmasdan ishlatsak, labimizga uchuq toshardi-ku! Rossiya kommunistik partiyasi Turkbyuro markaziy qo‘mitasining a’zosi bo‘lgan amaldor 1921 yilda shunday yozsa-ya?!
Bu bilan sho‘ro amaldori, mafkurachisi manfaatimizni himoya qilgan, demoqchi emasman. Mazlumlar, ularning begunoh to‘kilayotgan qonlari, o‘z erki, ozodligi uchun kurashi ko‘nglini yumshatganmi yoki muxolifatchiligiga borganmi? Negaki, Troitskiy, Zinovev dumi sifatida, keyinchalik «Kirov ishi» bo‘yicha qamalib, surgunlarda bo‘lgani, aksilinqilobchi sifatida ayblangani bejiz emas. Demak, sho‘ro tuzumining ayrim kirdikorlari, xususan, Turkiston masalasidagi adolatsizligi uni qiynagan bo‘lishi mumkin. Alal­oqibat qatl etilishi bu fikrni isbotlaydi.
«Pravda» gazetasidagi bizni qiziqtirgan fikrlarini kitobidan izlaymiz. Kitobning 90-beti. Muallif «bosmachilik» harakatini bir tomondan milliy ozodlik uchun kurash, «Qo‘qon muxtoriyati»ni tor-mor etish zamiridan va alaloqibat mustamlaka bemazagarchiliklaridan kelib chiqqan, deydi. Boshqa tomondan iqtisodiy inqiroz, ocharchilik, Farg‘onadagi paxta etishtirish bilan bog‘liq jarayonning izdan chiqishiga bog‘laydi. Ya’ni boylar moddiy ahvoli yomonlashgani, mardikor, chorakor va ishchilar maoshsiz qolib ketayotgani bilan buni izohlaydi. Ya’ni davom etayotgan mustabid siyosat qishloq xo‘jaligini xonavayron qilgandi. E’tibor beryapsizmi? Keltirilgan barcha sabablar millat kurashining mohiyatini ko‘rsatib beradi. Shuncha zulmga qarshi nima qilmoq kerak edi? Yana kamiga «bosmachi» degan tamg‘ani bosishadi. Qanchalar tubanlik…
Kitobni o‘qishda davom etaman. Muallif bosmachilikka qarshi kurash birinchi kunlardan murakkab bo‘lgani, negaki, kurashayotganlar partizanlik harakatini olib borishgani va xalq ularni qo‘llab-quvvatlaganini yozadi.
Muxolifatchi, sho‘rolardan alami bor bir kimsa yozsa, yozibdi-da, de­yishga shoshmang. Aynan o‘sha payt­larda matbuotda G. Safarovning fikrlarini qo‘llab, maqolalar chop etilganiga nima deysiz?!
Masalan, taxallusi Darvesh bo‘lgan, asli ismi sharifi N. To‘raqulov va G. Skalov «Zamonaviy bosmachilik» degan maqola e’lon qilishgan. Olim N. Hamaevning yozishicha, unda mualliflar «bosmachilik» harakati sovet hokimiyatining o‘lkadagi noto‘g‘ri siyosati tufayli dehqon xo‘jaliklarining vayron bo‘lishi oqibatida kelib chiqdi, degan fikr­ni ilgari surishgan.
G. Skalovning fikrlari yanada keskinlashadi. U Farg‘onadagi qurolli kurashning iqtisodiy-ijtimoiy sabablarini ochib beradi. Ya’ni «bosmachilik»ka sovet hokimiyatining aholi mulkini zo‘rlik bilan tortib olishi, tunashi va mus­tamlakachilikka asoslangan siyosati sababligini yozadi.
Bu 100 yil oldin aytilgan fikr­lar. Buni millat ozodligi uchun kurashgan bobolarimiz emas, ularning jallodlari aytgan. Har holda fitna boshida turganlarga «baraka topkurlar, boshqa yo‘llar bilan ham egib olsak, ozodlik uchun kurash olovini so‘ndirsak bo‘ladi», demoqchi bo‘lishganmi? Mantiq shunday xulosa beradi.
Bizga esa bu boradagi bahs qiziq emas. Faktlarning o‘zi qiziq. Bosmachi kim, degan savolga beixtiyor mustabidlarning o‘zlari bergan javobi qiziq. Har holda aql-hushi joyida odamga buni izohlashning hojati yo‘q.

Alijon SAFAROV,
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar ­universiteti katta o‘qituvchisi