Bundan 28 yil burun, ya’ni 1992 yilning 24 iyun kuni Mudofaa vazirligi markaziy matbuot nashri «Vatanparvar» gazetasining ilk soni chop etilgan edi. Shu kuni o‘zbek matbuotida yangi nom: harbiy libosdagi jangovar so‘z – «Vatanparvar» paydo bo‘ldi.

O‘tgan davr mobaynida harbiy matbuot – «Vatanparvar» ham Qurolli Kuchlarimiz tizimida amalga oshirilgan islohotlar bilan hamqadam bo‘lib, rivojlanib bordi. Mazmun-mundarijasi boyitilib, oddiy xabarlardan ko‘ra tahlil va mulohazaga keng o‘rin ajratildi.
«Vatanparvar» gazetasi tashkil topganining 28 yilligi munosabati bilan Jizzax garnizonidagi harbiy qismlardan birida «Eng faol va zukko gazetxon» tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov shartiga ko‘ra, harbiy xizmatchilar o‘rtasida gazetaning 2020 yil davomida chiqqan sonlaridagi maqolalar, mualliflar hamda unda ilgari surilgan dolzarb masalalar bo‘yicha qizg‘in va murosasiz savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Harbiy xizmatchilar bu borada fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zlarining qanchalik gazetxon ekanliklarini namoyish qildi.
Yakunda «Eng faol va zukko gazetxon» sifatida vzvod komandiri mayor Davron Rustamov e’tirof etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati