Nukus garnizonidagi aloqachilar harbiy qismida zamonaviy aloqa vositalari va tizimlaridan foydalanish, ularni qo‘llash va qo‘shinlar boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Podpolkovnik Baxtiyor Mahmudov rahbarligida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida yaqinda jangovar saflarga qo‘shilgan askarlar uchun dala sharoitida axborot-kommunikatsiya majmualaridan foydalanish, radioreley liniyalarini bog‘lash, simsiz telefon tarmoqlari bilan keng ko‘lamli simsiz ulanishni qo‘llash va dala aloqa tugunlariga barcha turdagi ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish, bo‘linmalar bilan audio va videoaloqa o‘rnatish kabi ko‘rgazmali mashg‘ulotlar namoyish etildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida yigitlar mutaxassis harbiy aloqachilardan dastlabki ma’lumotlarni oldilar. O‘quv mashg‘ulotlari davomida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug harbiy aloqachilari bilan radioaloqa mashqlari ham bo‘lib o‘tdi.
Harbiy okrug miqyosidagi barcha tadbirlarda karantin qoidalariga qat’iy rioya etilmoqda.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati