QUROLLI KUCHLAR AKADEMIYASIDA YANGI O‘QUV BINOSINI FOYDALANISHGA TOPSHIRISH MAROSIMI O‘TKAZILDI.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Kurbanov, Jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etdi. Qurolli Kuchlar akademiyasida kursantlarning jahon standartlari asosida ta’lim olishlari uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, o‘quv laboratoriyalari, mashg‘ulot xonalari, kafedralar faoliyati tadbir ishtirokchilariga batafsil tanishtirildi.


Besh qavatdan iborat yangi o‘quv binosida yuqori malakali professor-o‘qituvchilarning kursantlarga zamonaviy bilim va ilm-fan yutuqlarini o‘rgatishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mudofaa vaziri akademiyaning pedagogik jamoasi oldiga qo‘yilayotgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib, bayram arafasida tuhfa etilgan yangi imkoniyatlar Qurolli Kuchlarimiz uchun etuk harbiy mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

D. RO‘ZIQULOV