2 – TUR

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni qabul qilinganining 31 yilligi va «O‘zbek tili bayrami kuni» munosabati bilan harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari va ularning oila a’zolari hamda ijodkorlar va keng jamoatchilik vakillari o‘rtasida «Vatanparvar» Birlashgan tahririyati «Til – millatning eng buyuk qadriyati» deb nomlangan tanlov e’lon qiladi.

Tanlov uchun e’lon qilingan savollar javoblari 2020 yilning 3 oktyabridan 2020 yilning 17 oktyabrigacha «Vatanparvar» Birlashgan tahririyati manzili – 100164, Toshkent viloyati Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 1-uy; elektron manzil: vatanparvar09@mail.ru ga yoki 90-968-62-08 telegram kanaliga yo‘llanadi.

Murojaat uchun telefonlar: 71-260-36-50, 71-260-32-57.

Tanlovga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

muallif pasporti (shaxsini tasdiqlovchi hujjat) nusxasi;

muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari;

muallifning xizmat (ish) joyi.

Taqdim etilgan javoblar «Vatanparvar» Birlashgan tahririyati ijodiy xodimlaridan iborat hay’at tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Gʻoliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

O‘zbek tilining lug‘at boyligi

  1. Tilning lug‘at boyligi tilshunoslikning qaysi bo‘limi doirasida o‘rganiladi?
  2. Sinonimiya, antonimiya, paronimiya, omonimiya – bularning qay biri turkiy tillarning va xususan o‘zbek tilining o‘ziga xosligi hisoblanadi?
  3. «O‘t» (maysa), «ko‘z», «etak», «bog‘» – bu so‘zlarning qaysilari polisemantik, qaysilari omonimik xususiyatga ega?
  4. «Meros» so‘zining o‘zagi qaysi tilga borib taqaladi? O‘zbek tilida unga o‘zakdosh boshqa o‘zlashma so‘z bormi?
  5. «Vaqt» so‘zi o‘zbek tiliga qaysi til orqali kirib kelgan?
  6. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonda tarqalgan o‘zbek tili hamda Afg‘oniston o‘zbekchasi lug‘at boyliklari o‘rtasidagi qanday asosiy farq mavjud?
  7. «Qishloq» so‘zining tub ma’nosi – «qishlaydigan, qishni o‘tkazadigan joy». O‘zbek tilida «bahorni o‘tkazadigan joy» ma’nosini beruvchi so‘z ham bor. Bu qaysi so‘z?
  8. O‘zbek tiliga baynalmilal so‘zlar asosan qaysi til orqali kirib kelgan?
  9. «Vergul» so‘zining ildizlari qaysi tilga borib taqaladi?
  10.  «Oyinai jahon», «ovoznigor», «ro‘znoma». Bu so‘zlarning ma’nosini tushungan bo‘lsangiz, «jurnal» so‘zining sinonimini toping.
  11. «Yalatma» so‘zining ma’nosi nima?
  12. Tarixiy leksika. Xonbaliq, Beshbaliq, O‘rdubaliq. Bu shahar nomlaridagi «baliq» so‘zi qanday ma’noda ishlatilgan?
  13. «Boshlarida shapka gohi, goh dastor avliyo». Shu so‘zlar bilan boshlanuvchi she’r qaysi asrda yozilgan? Uning muallifi kim?
  14. «Gʻo‘nan», «do‘nan». Bu atamalar qaysi hayvonga nisbatan ishlatiladi.
  15. O‘zbek tiliga boshqa tillardan son so‘z turkumiga so‘zlar o‘zlashganmi? Misollar keltiring.

Savollarni tilshunos Eldor ASANOV tuzdi.

Mukofotlar:

– 1-o‘rin (1 ta) – bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) barobari, kitob va diplom;

– 2-o‘rin (2 ta) – bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) barobari, kitob va diplom;

– 3-o‘rin (3 ta) – bazaviy hisoblash miqdorining 1 (bir) barobari, kitob va diplom.

Tanlov natijalari «Vatanparvar» gazetasi va saytida hamda mudofaa.uz saytining telegram kanalida e’lon qilinadi.

Gʻolib va sovrindorlarga mukofotlar 2020 yil 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni tantanali ravishda topshiriladi.