Jamiyat qurilishi, tuzilishi va boshqaruvi muammosi O‘pta Osiyo mutafakkiplapining ijtimoiy-siyosiy qapashlapida mustahkam o‘pin egallaydi. Garchand Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asapidagi davlatchilikka oid qapashlapi ko‘proq diniy ruh bilan uyg‘unlashgan bo‘lsa-da, mutafakkip bayon qilgan davlatchilik qadimgi an’anaga muvofiq dunyoviy xapaktepda namoyon bo‘ladi. Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Kaykovusning «Qobusnoma», Zohipiy Samapqandiyning «Sindbodnoma» asaplapida bu yaqqol aksini topgan.

Bolaligimdan davlat va jamiyat qurilishiga oid kitoblar, ilmiy tadqiqotlarni sevib o‘qiganim uchunmi, Mudofaa vazirligi maxsus avariya-tiklash boshqarmasining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi katta ofiseri kapitan Abduqodir Otaboyevning ilmiy izlanishlari, bu sohadagi yangicha qarashlari e’tiborimni tortdi. Qahramonimiz ilm olish mashaqqati «igna bilan quduq qazish»dek og‘ir va mas’uliyatli yo‘l ekanligini teran anglagan.

Abduqodir Otaboyev 1986 yil Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakultetining siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, so‘ng magistratura bosqichini tamomlagan. «O‘zbekistonda jamiyat qurilishining institusionallashuvi» mavzusida siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan.

– Yoshligimdan Amir Temur va Temuriylar sulolasining davlat boshqaruviga ixlosim baland bo‘lgan. U o‘z zamonining eng qudratli hukmdori bo‘lishi bilan birga, uning harbiy salohiyati, harbiy nazariya va amaliy taktika strategiyasi, armiya tarkibining tuzilishi o‘sha davrning eng nodir moʻjizasi edi. Bugun jahon hamjamiyati «Temur tuzuklari»ni chuqur o‘rganmoqda. Chunki buyuk davlat arbobi Amir Temur o‘zining aql-zakovati, noyob yetakchilik qobiliyati, harbiy mahorati bilan jahon tarixida munosib o‘rin tutadi. Ustoz sifatida shogirdlarimga «Temur tuzuk­lari»ni o‘qish, tushunish va tahlil qilishni doim maslahat beraman. Chunki asar yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish bilan birga, insonga yoshligidanoq siyosiy bilimlarga ega bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Doktorlik ishimda, aynan jamiyat qurilishi va boshqaruvi to‘g‘risidagi yangi tendensiyalarni taklif sifatida kiritdim. Ko‘p yillik izlanishlarim besamar ketmadi. Hay’at a’zolari tomonidan dissertasiya ishim yuqori baholandi va o‘quv qo‘llanma sifatida chop etilishiga tavsiya berildi. Bu mustaqil tadqiqotchi sifatida yarim g‘alabaga erishish demakdir.

Abduqodir Otaboyev ustoz va o‘qituvchilarini faxr bilan eslaydi.

– Maktab, o‘quvchilik davrini eslasam, bir voqea hech yodimdan chiqmaydi. Adashmasam, 3-sinfda o‘qirdim. Maktab zinasidan yiqilib, oyog‘im jarohatlanganida birinchi o‘qituvchim – Lola opa menga qo‘shilib yum-yum yig‘lagani yodimda. Shogirdlarim yutuqlaridan bir olam quvonchga to‘laman. Negaki, o‘zim erishgan muvaffaqiyatdan ko‘ra, ularning g‘alabasi meni ko‘proq ilhomlantiradi.

Bugun Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida Abduqodirga havas qilib, harbiy bo‘laman degan yigitlar ko‘p. Chunki yaxshi insonning ezgu amali ko‘plarga ibrat.

– Yigitlarning harbiy xizmatga tobora mehri ortishi, Vatan himoyachisi bo‘lish istagining paydo bo‘lishida ozgina bo‘lsa-da hissam borligidan xursandman. Istiqlol har bir yigitga o‘z Vatanida, o‘zining milliy armiyasida xizmat qilish imkonini berdi. Bugun qaysi ota-ona bilan so‘zlashmang, farzandining armiyaga borishini istaydi. Chunki ular Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilayotgan askarning qanday sharoitda yashayotgani, jismoniy, aqliy va intellektual salohiyati oshayotgani, ularga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan yaxshi xabardor, – deydi kapitan Abduqodir Otaboyev.

Ayjamal JOLDASBAYEVA, «Vatanparvar»