Qurolli Kuchlar akademiyasida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy videokonferensiya aynan shu mavzuga bag‘ishlandi.

Unda mazkur oliy harbiy ta’lim muassasasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kursantlari, Farg‘ona «Temurbeklar maktabi» o‘quvchilari, faol va uyushmagan yoshlar, shuningdek, Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va o‘quvchi yoshlar onlayn ishtirok etdi.
Tadbir Davlatimiz madhiyasi bilan boshlandi.
Videokonferens-aloqada Mudofaa vazirligi mas’ul ofiserlari, akademiya qo‘mondonligi, Respublika Harbiy prokuraturasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti vakillari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari, Mudofaa vazirligi harbiy sportchilarining ma’ruzalari tinglandi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda Prezidentimizning O‘zbekiston Yoshlari forumidagi ertamiz egalariga murojaati, Oliy Majlisga murojaatnomasi mazmun-mohiyati va yoshlar uchun keng ko‘lamda yaratilgan hamda kelgusida joriy etiladigan yanada ulkan imtiyozlar, imkoniyatlar va shart-sharoitlar ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
O‘z navbatida, istiqbolimiz davomchilari bunday qulayliklardan, albatta, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yib, samarali va oqilona foydalanishi, egallagan barcha bilim va tajribalarini kelajakda Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida sarf etishi elu yurt oldidagi farzandlik burchi ekanligi ta’kidlandi.

Adliya mayori Botir SOBIROV,
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy
prokurorining katta yordamchisi