Ko‘pni ko‘rgan, hayotning achchiq-chuchugini totgan insonlar bilan suhbatlashishning ham gashti bor. Shunday lahzalarda qalbingizda ajib hislar jo‘sh urib, hayotga, yashashga bo‘lgan ishtiyoqingiz oshadi, beixtiyor bugungi musaffo osmonimizga, dorilamon kunlarga shukrona keltirasiz. Urush va mehnat faxriysi Aleksandr Nesterov bilan bo‘lgan samimiy muloqot ham ana shunday taassurotlarga boy bo‘ldi.

Aleksandr Nesterov yaqinda yuz yoshni qarshi oladi. Shu munosabat bilan otaxonni yo‘qlab ularning xonadoniga Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi faxriylar kengashi, Chilonzor tumani hokimligi vakillari hamda bir guruh harbiy xizmatchilar tashrif buyurdi. Suhbat davomida urush davri xotiralari yodga olindi. Tinchlik va osoyish­talikning qadr-qimmati haqida so‘z bordi.

Shu kuni tabarruk yoshli otaxon tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Mezbonni quvontirgan yana bir quvonchli voqea – unga O‘zbekiston Respublikasining yangi fuqarolik pasporti berildi.

G. MURODOVA