YXHT/DIIHB ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish natijalari  bo‘yicha  tayyorlangan dastlabki hisobotida saylov kampaniyasining ochiqligi ijobiy baholanadi. Xususan, unda MSK ning barcha yig‘ilishlari keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgani, real vaqt rejimida yoritib borilgani, Komissiya qarorlari shu zahoti chop etilgani, saylov vaqtiga rioya qilingani alohida qayd etiladi.

MSK saylovning ochiq va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash   maqsadida «Saylov – 2021.uz» axborot portali va mobililovasini  ishlab chiqdi hamda MSK ning rasmiy saytini modernizasiya qildi. Portalning asosiy vazifasi – Prezident saylovi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni yagona bazaga to‘plash va ularni keng jamoatchilikka tanishtirishdir. Saylov – 2021.uz  portali o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida faoliyat yuritdi.

Shu bilan birga, hokimiyatlar hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda tanlangan 207 ta saylov uchastkalarida  kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Ovoz berish jarayoni Saylov – 2021.uz saylov portali, Matbuot markazidagi katta monitorda, «O‘zbekiston-24» telekanali orqali  hamda MKS binosida  8:00 dan 20:00 gacha onlayn rejimida translyasiya qilindi.

207 ta shahar va tumanlarda jami 414 ta kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Bu 2019 yildagiga nisbatan, 147% ko‘pdir.

Saylov jarayonini 971 nafar  xalqaro kuzatuvchi, jumladan 20 dan ziyod xalqaro tashkilotdan 631 nafar kuzatuvchi va 50 davlatdan 340 nafar kuzatuvchi kuzatib borgani ham saylovning oshkoraligi, shaffofligi va qonuniyligiga xizmat qildi.

Shu bilan birga siyosiy partiyalarning 53 717 nafar kuzatuvchisi va fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish  organlarining 10 733 nafar kuzatuvchisi ham  saylovni kuzatib borishdi.

Umuman olganda, DIIHB Missiyasi MSK ning saylov jarayonining shaffof va ochiqligini  ta’minlash borasidagi ishlarini ijobiy baholadi.

“Bu galgi saylov yanada oshkoraligi va uyushqoqligi bilan ajralib turadi”, – dedi MDH missiyasi rahbari S. Lebedev ham.

 Eslatib o‘tamiz, MSKning taklifiga binoan, YXHT DIIHB, YXHT Parlament  assambleyasi va Yevropa parlamentining qo‘shma  Missiyasii ilk marotaba yurtimizdagi Prezident saylovini kuzatmoqda.

Irlandiyalik  diplomat Ouen Myorfi boshchiligidagi YXHT DIIHB kuzatuvchilari joriy yilning 15 sentyabridan buyon saylovlarni kuzatishdi. Missiya 17 nafar kishidan iborat  asosiy guruh, 28 nafar uzoq muddatli kuzatuvchi hamda YeXHT ga a’zo 26 mamlakatdan tashrif buyurgan 207 nafar qisqa muddatli kuzatuvchi saylov kuni ovoz berish jarayonini kuzatishdi. Shu bilan birga, Prezident saylovini kuzatish uchun  YXHT\DIIHB rahbariyati, xususan, YXHT\DIIHB direktori Matteo Mekachchi ham ishtirok etdi.

Bundan tashqari, 27 mamlakatdan 98 nafarga yaqin deputat-kuzatuvchilardan iborat YXHT Parlamentskoy assambleyasi delegasiyasi va YXHT PA Prezidenti Margareta Sederfelt va Bosh kotibi Roberto Montella ham ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Shu bilan birga, 12 nafar deputatdan iborat Yevropa parlamenti kuzatuvchilari ham YXHT\DIIHB missiyasiga qo‘shildi. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylovlarni kuzatish uchun 44 mamlakatdan jami 365 ta kuzatuvchi tashrif buyurgan.

Ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida YXHT delegasiyasining ilk marotaba qatnashishi  Tashkilot tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning e’tirof etilishi va qo‘llab-quvvatlashidan dalolatdir.