2018 \ 2019 ЎҚУВ ЙИЛИ ШИОРИ: «ЖАНГОВАР ТАЙЁРГАРЛИКНИ ТАШКИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ЁНДАШУВ, ҚЎШИНЛАРДА ЖАНГОВАР ИМКОНИЯТ СИФАТИНИ ОШИРИШ!»

YOSHLAR TADBIRKORLIGIGA KENG YO‘L

Joriy yilning iyun oyida mamlakatimiz Prezidenti farmoniga muvofiq «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi yaratildi. Ta’kidlash joizki, mazkur farmon yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni biznes bilan shug‘ullanishga keng jalb qilish, yangi ish o‘rinlari orqali bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar Bosh boshqarmasi yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida kapitan Anvarjon Kermullayev qo‘l ostidagi muddatli harbiy xizmat oddiy askarlari bilan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan Mirzo Ulug‘bek tumani Yoshlar ittifoqi kengashi bosh mutaxassisi Begzod Xalilov oddiy askarlarga tadbirkorlik va uni amalga oshirish tartibini qisqacha tushuntirib, «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi mablag‘laridan imtiyozli kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish hamda tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafilliklar berish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. Tadbir savol-javoblarga boy bo‘ldi. Muddatli harbiy xizmat oddiy askarlari – Baqo Latipov, Davlat Barnoyev, Dilmurod Rahmatovlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Shunisi e’tiborga molikki, muddatli harbiy xizmat oddiy askarlariga tadbirkorlik bilan bog‘liq mashg‘ulotlar, ya’ni darslar o‘tilishi belgilangan bo‘lib, bu O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi hamda sertifikatlar beriladi.

Zulfiya YUNUSOVA

Информеры