Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan Vatan himoyasida sobit va mard o‘g‘lonlarning kasbiy tayyorgarligi, chaqqonligi, ruhiy quvvati va abjirligi 25 ta yo‘nalish bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. “Chirchiq” dala-o‘quv maydonida bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqa sog‘lom raqobat muhitini yaratib, jangovar shaylikni oshirish bilan birga mamlakat mudofaa qudratining yuksalishiga ham xizmat qilishi shubhasiz.
“Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch!” g‘oyasi asosida o‘tkazilgan armiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan Mudofaa vazirligining mas’ul ofitserlari, Qurolli Kuchlar faxriylari va mehmonlar musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.
Shundan so‘ng harbiy xizmatchilar safdoshlari bilan yelkama-yelka g‘oliblik sari odimlab, soniyaning bir ulushi uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi. Kuchli raqobat ruhi ostida kechgan bellashuv hakamlar tomonidan ishtirokchilarning doimiy shayligi, jangovar harakatlari va maxsus tadbirlarni olib borishdagi uyushqoqlik, berilgan vazifalarni sifatli bajarish, shartlarga tayyorgarlik darajasi, jismoniy va ruhiy holatiga alohida e’tibor qaratish orqali musobaqa g‘oliblari saralandi.
Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida ishtirokchilarning ota-onasi hamda yaqinlari ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratildi. Tadbir mehmonlari dastlab “Eng ilg‘or oshpaz” yo‘nalishida ishtirok etgan jamoalar tayyorlagan taomlar hamda bayramona bezatilgan dasturxondagi noz-ne’matlardan tanovul qilishdi. So‘ngra musobaqaning qolgan 24 yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlarni tomosha qilishdi.
Shundan so‘ng tantanali taqdirlash marosimi boshlandi. Unda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik va Faxriylar kengashi a’zolari, Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi vakillari, harbiy xizmatchilar, kursantlar va umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etdi.
O‘tkazilgan musobaqa yakuniga ko‘ra, quyidagicha baholandi:
“Eng ilg‘or T-62 ekipaji” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Markaziy harbiy okrug va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug jamoalari;
2-o‘rin: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug jamoasi;
1-o‘rin: Markaziy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilg‘or T-72 ekipaji” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Sharqiy harbiy okrug jamoasi;
2-o‘rin: Markazga bo‘ysunuvchi harbiy qism jamoasi;
1-o‘rin: Markazga bo‘ysunuvchi harbiy qism jamoasi.
“BMP-2 ekipaji” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Janubiy operatsion qo‘mondonlik jamoasi;
2-o‘rin: Sharqiy harbiy okrug jamoasi;
1-o‘rin: Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug hamda Sharqiy harbiy okrug jamoalari.
“Eng ilg‘or BTR-80 ekipaji” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Sharqiy harbiy okrug jamoasi;
2-o‘rin: Markaziy harbiy okrug jamoasi;
1-o‘rin: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilg‘or ZORT hisobi” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Markazga bo‘ysunuvchi harbiy qism jamoasi;
2-o‘rin: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug jamoasi;
1-o‘rin: Markaziy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilg‘or D-30 orudiya hisobi” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug jamoasi;
2-o‘rin: Sharqiy harbiy okrug jamoasi;
1-o‘rin: Markaziy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilg‘or hisobchi mutaxassis” nominatsiyasi:
3-o‘rin: oddiy askarlar Javohir Isoqov va Behruz Allamurodov;
2-o‘rin: oddiy askar Muhammad Numonov;
1-o‘rin: oddiy askar Sirojiddin Muhammadiyev.
“Eng ilg‘or artilleriya topobog‘lovchi mutaxassisi” nominatsiyasi:
3-o‘rin: oddiy askarlar Asadbek Abduazimov va Doniyor O‘rolov;
2-o‘rin: oddiy askar Doston Qurbonov;
1-o‘rin: oddiy askar Asadbek Yo‘ldoshev.
“Eng ilg‘or artilleriya razvedka mutaxassisi” nominatsiyasi:
3-o‘rin: oddiy askarlar Nursulton Nazarboyev va Javohir Anvarov;
2-o‘rin: oddiy askar Niyatboy Juldoshev;
1-o‘rin: oddiy askar Muhammadrasul Abdurahimov.
“Eng ilg‘or minomyot hisobi” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Markaziy harbiy okrug jamoasi;
2-o‘rin: Markazga bo‘ysunuvchi harbiy qism jamoasi;
1-o‘rin: Janubiy operatsion qo‘mondonlik jamoasi.
“Eng ilg‘or RPG-7 hisobi” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug jamoasi;
2-o‘rin: Sharqiy harbiy okrug jamoasi;
1-o‘rin: Markaziy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilg‘or pulemyotchi (PKM)” nominatsiyasi:
3-o‘rin: oddiy askar Muhiddin Ortiqov;
2-o‘rin: oddiy askar Abdulaziz Jumaboyev;
1-o‘rin: oddiy askar Behruz Qo‘ldoshev.
“Eng ilg‘or pulemyotchi (RPK)” nominatsiyasi:
3-o‘rin: oddiy askar Dilmuhammad Jo‘raboyev;
2-o‘rin: oddiy askar Nodirbek Hakimov;
1-o‘rin: oddiy askarlar Behruzbek Otamurodov va Sherzodjon Xalilov.
“Eng ilg‘or mergan” nominatsiyasi:
3-o‘rin: oddiy askar Ozodbek Qahhorov;
2-o‘rin: oddiy askarlar Dilshodbek Najmiddinov va Umidjon Ro‘ziyev;
1-o‘rin: oddiy askarlar Sanjar Eshonqulov va Dilshodbek Murodov.
“Eng ilg‘or o‘qchi” nominatsiyasida:
3-o‘rin: oddiy askar Husanboy Akromov;
2-o‘rin: oddiy askar G‘iyosjon Fayzullayev;
1-o‘rin: oddiy askar Ikromjon Sobitjonov.
“Eng ilg‘or AGS-17 hisobi” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Janubiy operatsion qo‘mondonlik jamoasi;
2-o‘rin: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug jamoasi;
1-o‘rin: Markaziy harbiy okrug va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug jamoalari.
“Eng ilg‘or faxriy qorovul” nominatsiyasi:
3-o‘rin: oddiy askarlar Boboyor Xayrullayev va Sarvar Sobirov;
2-o‘rin: oddiy askar Shohjahon Mirzajonov;
1-o‘rin: oddiy askarlar Asilbek Xojiboyev va Bunyodbek Yuldoshev.
“Eng ilg‘or ZU-23-2 hisobi” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Markaziy harbiy okrug jamoasi;
2-o‘rin: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug jamoasi;
1-o‘rin: Toshkent harbiy okrugi jamoasi.
“Eng ilg‘or KZRK hisobi” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Sharqiy harbiy okrug jamoasi;
2-o‘rin: Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug jamoasi;
1-o‘rin: Markaziy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilg‘or aloqa ekipaji” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Sharqiy harbiy okrug jamoasi;
2-o‘rin: Markazga bo‘ysunuvchi harbiy qism jamoasi;
1-o‘rin: Toshkent harbiy okrugi jamoasi.
“Eng ilg‘or radiatsion, kimyoviy, biologik razvedka hisobi” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Sharqiy harbiy okrug va Janubiy operatsion qo‘mondonlik jamoalari;
2-o‘rin: Markaziy harbiy okrug va Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug jamoalari;
1-o‘rin: Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilg‘or maxsus ishlov berish hisobi” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Sharqiy va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug jamoalari;
2-o‘rin: Markaziy harbiy okrug va Janubiy operatsion qo‘mondonlik jamoalari;
1-o‘rin: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilg‘or haydovchi” nominatsiyasi:
3-o‘rin: oddiy askar Anvar Norqulov;
2-o‘rin: oddiy askarlar Habibulloh Hamrayev va Javlonbek Sotboldiyev;
1-o‘rin: oddiy askar Kamoliddin Jo‘rayev.
“Eng ilg‘or muhandislik razvedka dozori” nominatsiyasi:
3-o‘rin: Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug jamoasi;
2-o‘rin: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug jamoasi;
1-o‘rin: Markaziy harbiy okrug jamoasi.
“Eng ilg‘or oshpaz” nominatsiyasida:
3-o‘rin: Janubiy operatsion qo‘mondonlik va Sharqiy harbiy okrug jamoalari;
2-o‘rin: Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug va Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug jamoalari;
1-o‘rin: Markaziy harbiy okrug va Toshkent harbiy okrugi jamoalari.
G‘olib va sovrindor jamoalar Mudofaa vazirligi diplomi, kubogi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tantanali marosimda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev hamda O‘zbekiston xalq shoiri, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzaaliyev tadbir ishtirokchilarining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Xulosa qilib aytganda, bo‘lib o‘tgan mazkur armiya o‘yinlari harbiy xizmatchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratib, jangovar shaylikni oshirish bilan birga mamlakat mudofaa qudratining yuksalishiga ham xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Sherzod SHARIPOV,
“Vatanparvar”